Gazak "Faberje tuxumi"

Goʻzal va juda ham ajoyib gazak! Bayram dasturxonidan yorqin oʻrnini egallaydi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda tuxum idishlarini tayyorlang. Tuxumlarni yuving va bir boshidan teshik qilib, ichki qismini ajratib oling. Ichki qismini yaxshilab yuving. Quriting.
2. Jelatinni 10 daqiqa davomida uyuting. Soʻng, isiting va bulyon bilan aralashtiring. Bulgʻor qalampiri, kolbasani mayda shaklda toʻrgʻang. Makkajoʻxorini sharbatidan ajrating.
3. Tayyorlangan masalliqlarni navbatma-navbat tuxum idishiga soling. Bulyondan quying. Soʻng, 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
4. Belgilangan vaqt oʻtib, tuxumlarni extiyotkorlik bilan tozalang. Koʻkat bilan bezating va dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Kerakli masalliqlar:
- 10 dona tuxum idishi
- 2 stakan goʻsht bulyoni
- 20 gramm jelatin
- 1 dona bulgʻor qalampiri
- 1 kichik banka makkajoʻxori
- 300 gramm kolbasa
- Koʻkat
- Qoʻshimcha sifatida tovuq goʻshti, baliq, goʻshtdan foydalanish mumkin
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda tuxum idishlarini tayyorlang. Tuxumlarni yuving va bir boshidan teshik qilib, ichki qismini ajratib oling. Ichki qismini yaxshilab yuving. Quriting.
2. Jelatinni 10 daqiqa davomida uyuting. Soʻng, isiting va bulyon bilan aralashtiring. Bulgʻor qalampiri, kolbasani mayda shaklda toʻrgʻang. Makkajoʻxorini sharbatidan ajrating.
3. Tayyorlangan masalliqlarni navbatma-navbat tuxum idishiga soling. Bulyondan quying. Soʻng, 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
4. Belgilangan vaqt oʻtib, tuxumlarni extiyotkorlik bilan tozalang. Koʻkat bilan bezating va dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!