🥗 Salatlar

Gruzincha tuzlangan karam

3.7K marta oʻqildi
Gruzincha tuzlangan karam
Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qoʻshimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 3 kg karam
  • 1-2 dona lavlagi
  • 1-2 dona sarimsoq boshi
  • Achchiq qalampir
  • Ukrop yoki selserey
  • 3 osh qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 2-3 dona lavr bargi
Tayyorlash usuli:
1. Karamni ikki qismga boʻling, soʻng, har bir karam qismini 4 qismga boʻling. Karamni shunday kesingki, kesilgan karam qismlari sochilib ketmasing.
Gruzincha tuzlangan karam2. Lavlagini tozalang va oʻrtacha qalinlikda, yumaloq shaklda kesing.
Gruzincha tuzlangan karam3. Karam tuzlanadigan idishga lavlagi va karamni qator ketma-ketlikda soling.
Gruzincha tuzlangan karam4. Sarimsoq donachasi, koʻkat va qalampirdan soling.
Gruzincha tuzlangan karam5. Lavr bargi va tuz seping. Kastryulkaga 2 litr suv quying. Tuz, shakar va lavr bargi soling. Olovga qoʻying va qaynating. Issiq marinadni karam va lavlagi ustidan quying.
Gruzincha tuzlangan karam6. Karam ustini lagancha bilan bostirib yoping. Ustiga ogʻir vaznda narsa qoʻying. 5-7 kun xona haroratida saqlang. Belgilangan vaqt oʻtib, karamni olib muzlatgichga qoʻying.

7. Karamni dasturxonga tortishdan avval oʻsimlik yogʻi bilan seping. Dasturxonga torting.
Gruzincha tuzlangan karamYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!