Hazonli kunlar. Tuzoq... 2-qism

Sarvihon qaynonasining zaxarhanda gaplaridan alamini koʻz yoshlaridan oldi va oʻziga kelib, kelinlik yumushlarini bajarish maqsadida xovliga chiqdi. Oshhona sari yoʻl olar ekan, xovliga kimdir kirib kelayotganiga koʻzi tushdi. Bu Qumri amma edi, aslida, Sarvihonni topgan mana shu Qumri amma edi.
–Keling ammajon, Assalomu alaykum, –deya egilib taʼzim bera boshladi.
–Va alaykum assalom, koʻp yashang, bahtli boʻling, oʻzingizdan koʻpaying, –deb amma uzundan–uzun tilaklar bildirdi.
–Amma, yuring uyga, ayamlar choy ichishmoqda, –deb ammani uyga boshladi. Eshik ochilib, Qumri amma uyga kirdi.
–Yoqimli ishtaxa, eratalabdan koʻzlaringiz uchiiiib turganmidi yanga, –xazil qildi Qumri ammo.
–Keling, oʻtiring, –deya joy koʻrsatdi Gulnor opa.
–Kelin yugurib hizmatingizni qilyaptimi?
–Hizmatimni qilmay xar balo boʻlsin, sizlar meni aldab, oʻziga toʻq oila, qiz xam goʻzal, yosh degandinglar. Oʻzim sovchilikka boray desam birgalashib qaytrdinglar, –jigʻibiyron boʻldi Gulnor opa.
–Qachongacha shunaqa harakterda yurasiz yanga? Dastingizdan jiyanim bahtsiz boʻlib yurishi kerakmidi? Maxallada janjallashib yoqalashmagan hotin qolmagan, borgan joyimizdan rad javob oldik, endi jiyanimning bahti ochilganda shuniyam koʻp koʻryapsizmi?, –jaxl bilan gapirdi Qumri amma.
–Bola meniki, men tuqqanman toʻqqiz oy koʻtarib, kelinniyam oʻzim topardim, sizlarga oʻhshab zoti pastlarning qizinimas, manaman degan ministrlarning qizini olib berardim.
–Bu qudalaringizdan ustunlik joyingiz bormi? Oʻgʻlinggiz Rossiyaga borib, beli mayib boʻlib qurilishda ishlaydi, akam esa maktabda oddiy oʻqituvi, qachongacha odamlardan oʻzingizni baland tutasiz?
–Oilaviy ishlarimizga aralashishga xaqqingiz yoʻq edi honadonimni jang maydoniga aylantirmang.
–Siz bor xar qanday joy urush maydoni, –deb Qumri ammo gapini tugatmasidanoq Shuxrat akaning jaxli chiqib ketdi.
–E boʻldida endi, tortishishni bas qilinglar, kelinning xurmati uch kun chakaklaringni oʻchirib turinglar.
–Aka, aslida xamma ayb sizda, yangamni umuman qaytarmadingiz, onam bechorani xar kuni gap bilan qon kasal qilib, davlenie qilib oʻldirib yubordi, –yigʻlashga tushdi Qumri hola.
–Ogʻzinga qarab gapir, men bugʻib oʻldirmadim, ajali keldi–oʻldi. Qachongacha menga xasad qilasan, sen bu erda ammasan, boshqa narsamas, kelginda q.....b ket, –sansirab udagʻayolab ketdi Gulnor opa.
–Singlimni sansirama, ogʻzing qarab gapir, –qoʻlini musht qildi Shuxrat aka.
–E oʻzingizni bosing, shu opa–singillaringiz meni umrim boʻyi tuproqdek oyoq osti qilib kelishdi, sizga tegib nima kun koʻrdiiiiimmmm, uxuuuu, –yigʻiga tushib ketdi Gulnor opa.
–Boshlandi, boʻpti aka, yangi kelinni extiyot qilingizlar, uning shirin xayotini zaxarga aylantirmangizar. Bechora qiz, birinchi kundan shuncha daxmazaning guvoxi, Ilyos jiyanim tilla bola, bir ogʻiz aralashmaydi, men ketdim, –deya oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
–Anavi qari keliningizniyam olib keting, topgan qurumsogʻingizni oʻzingiz uyingizda saqlang, –dodlashda davom etdi Gulnor opa.
–Sizga Hudo kifoya qilsin, shu tilingizni deb akamni eldan, yoru joʻradan, qavmu qarindoshdan ayiridingiz, chidadik, akamning xayoti buzilmasin, jiyanlarimiz tirik etim boʻlib qolmasin dedik, ammo endi jiyanlarimizning bahtiga chang solsangiz, ayab oʻtirmaymiz, akam qilolmagan ishni biz qilamiz, –dediyu xovliga qarab yoʻl oldi.
–Sen oʻzingning oilangni oʻyla, mening oilamga tumshugʻingni suqma, bor ketaver, kelmasangam boʻladi boshqa, –zaxrini sochib qoldi Gulnor opa.
–Sen hotin meni bir umr ezib oʻtyapsan, afsus, –deya alamzadalik bilan Shavkat aka honadan chiqib ketdi.
Boʻlib oʻtgan janjalning guvoxi boʻlgan Sarvihon kelinlik libosida honasida yigʻlab turardi. Qumri amma honaga kirar ekan, tomoq qirib kirib keldi.
–Hmmm, kimdir bormi?
–Keling amma, koʻzyoshlarini artdi.
–Kelin, Ilyosjon qani?
–Nonushtadan keyin koʻchaga chiqib ketgandi.
–Yonimga oʻtiring kelin,joy koʻrsatdi Qumri amma.
–....
–Kelin, Sarvihon, avvalam bor sizlarga xech kimda yoʻq bahtni tilayman, jiyanim bilan bir umr qoʻsha qarib, bahtli boʻlingizlar. Yangamga oʻhshab Ilyosjonimning xayotini duzahga aylantirmang jonim qizim, sizdan shuni utinib surayman, –yigʻlab yubordi Qumri amma.
–Unaqa demang ammajon, bunday boʻlmaydi.
–Koʻzlaringiz nega qizarkan, toʻgʻrisini ayting, yigʻladingizmi kelin.
–Yoʻq, oʻzim shunday.
–Toʻgʻrisini ayting, yangam sizga biron nima dedimi? Yashirmang qizim.
–Ammajon, ayamlar meni hoxlamayaptilar, urushib berdilar, oʻgʻlimning tengimassan dedilar, nega bunday qildingizlar ammajon, –deya yigʻisini toʻhtata olmadi Sarvihon.
–Buning xammasini Ilyosjon uchun qildim, uning bahtsiz boʻlib borayotganini koʻrib chidab turolmadim. Yangamning shu harakterini deb bormagan joyimiz, qolmagan eshigimiz qolmadi, ikki yildan buyon shu axvol, sizga sovchilikka atayin olib bormadik, chunki doimgidek ishning rasvosini chiqarishi tayin edi.
–Ammo aldadingizlarku ota–onamni.
–Aldamadik jonim qizim, mana, Ilyosjonim tila yigit, feʼl–atvori biram yuvvosh, shu onaning bolasi demaysan kishi, koʻrinishini aytmasam xam boʻladi, maxallada ortidn yurmagan qiz qolmagan xisob, ammo birontasini ota–onasi berishmadi, qaynonasi yomon deb berishmadi. Onasining urushqoqligini deb Ilyosjonim siqilib yurishini, boshqalardan kam boʻlishini xazm qilolmadik, mana, xozir ikkovlaringiz uzukka koʻz qoʻygandeksiz, mening bir iltimosim, yangamning gaplariga axamiyat bermang, indamay qoʻyib enging, muximi Ilyosjon sizni yahshi koʻradi. Koʻzlarida baht yonib turibdi jiyanimning, meni tushundingiza kelin?
–Hoʻp ammajon, faqat tez–tez kelib kelib turing, –koʻzlari javdirab qaradi Sarvihon.
–Voy qizim, albatta tez–tez kelib turaman, sizning yoningizga kelib ketaveraman, –deb peshanasidan oʻpib qoʻydi Qumri amma. –Qizim men uyga boray, siz elib–yugurib hizmat qilavering, biron gap boʻlsa meni chaqiring, uyim shundoqqina maxallaning boshida.
–Hoʻp ammajon, yahshi boring.
Qumri amma honadan chiqib xovlida oʻtirgan Shavkat akaning yoniga bordi.
–Aka, men uyga boray, yahshi oʻtiringizlar, yangamga ayting, kelinni koʻp qiynamasin, xarqalay birovning bolasi.
–Qumri, yangangning tilini bilasan, menam shu jiyanlaringni deb chidab, tilimni tishlab yashayapman. Yuragim siqiladigan boʻlib qolgan ohirgi paytlarda.
–Oʻzingizni asrang akajon.
–Mayli, jiyanlarga, kuyovimga salom ayt.
...............................
Shu tarzda kunlar oʻtar edi. Gulnor opa oʻzining hurmacha qiliqlari bilan Sarvihonni azoblashda davom etardi. Qumri amma kun orada kelib ketar, Sarvihonning dardiga malxam boʻlardi. Gulnor opa baʼzan shunday qiliqlar qilardiki, uning aytgan gaplari Sarvihonning yuragiga pichoqdek qadalardi, uning yurak ogʻrigʻiga faqat bir narsa–Ilyosning muxabbat davo boʻlardi. Xar gal “Sen mening xayotimsan, meni oʻyla, boshqa narsanimas” degan gaplari unga tasalli berardi. Kelin boʻlib kelganidan uning boʻyniga ovqat qilish, tandirda non yopish va boshqa uy roʻzgʻorlari tushgan edi. Gulnor opa xali yosh boʻlishiga qaramay qoʻlini sovuq suvga urmasdi, boz ustiga kechasi yarim tungacha Sarvihonga kir gʻaramlab tashlab yuvdirardi. Yoki boʻlmasa bir baxona topib ikki yorni yarim kechgacha bir–biridan ayirib, kamiga ular chimildiqqa kirib ketganlaridan keyin xam eshikni borib taq–taqlatib “Ertaroq uhlanglar, yana ertalab kech turib yotmanglar” deb ketardi. Bu narsaga xatto Ilyos xam xayron, onasini taniyolmasdi. Sarvihonning birdan bir ovunchi, sabr togʻi boʻlgan turmush oʻrtogʻi, begi uni xar qanday qiyinchiliklarga bardoshli boʻlishga undardi. Gulini sevgan tikonini xam eʼzozlaydi deganlaridek u Ilyosning onasi boʻlganligi uchun xam qaynonasining qiliqlariga, piching va kamsitishlariga bardosh berardi, toʻgʻri, baʼzida honasiga kirib yuzini yostiqqa bosib oʻkib–oʻksib yigʻlar, ichidagi bor alamini shu koʻzyoshlar ivaziga yuvib ketardi. Buni faqatgina qaynonasidan azob egan, turtki eb, kamsitishlar koʻrgan kelinlargina biladi, holos. Ona–mo''tabar zot! Ammo ularning baʼzilaridagi hususiyatlar, manmanlik, kibr, oʻgʻlini rashk qilish va boshqa kamchiliklar yosh oilalarning ajrashib ketishiga sabab boʻlmoqda, jindek narsani boʻrttirib, katta togʻdek muammoga aylantirib, orada ikki yoshni ajratib qoʻyishmoqda, ona deganda mexribon, oqkoʻngil, shirinsoʻz, oʻgʻlini kelinidan, kelinini oʻgʻlidanda koʻproq yahshi koʻrishi kerak boʻlgan etuk ayol koʻz oldimizda gavdalanadi, afsuski xozirgi ona–qaynonalarning yarmidan koʻpi kelin olib, oʻgʻliga xam, kelinga xam chap boʻlib, ularni turli azoblarga solishmoqda, buning guvoxi boʻlmagan odam boʻlmasa kerak. Balkim oʻgʻlini rashk qilib, toʻqqiz oy qornida koʻtarib, to katta boʻlguncha oq yuvib, oq tarab yurib, odam boʻlib qolganda bir qizning–kelining bagʻriga–quchogʻiga qoʻsh qoʻllab topshirganiga chiday olmas, ammo bir narsani unutmasligi kerak, qachonlardir oʻzi xam huddi kelini kabi kimningdir bolasini quchogʻiga olgan, u xam kelin boʻlgan. Qoleversa, bu–xayot qonuni, unda barcha juftini topish kerak, qaynonalardan bir talab–kelinni qizidek qabul qilish, kuyovboladan bir talab–onani oʻng qoʻlda, hotinini chap qoʻlda asrash, kelindan bir talab–qaynonaning mexrini qozonish. Uch tomonki oʻzaro xamkorlik qilishsa, u oila uzoq yashaydi va mexr oqibat xamroxi boʻladi. Ammo Gulnor opadek qaynonalarga bu gaplar taʼsir qilmas, kelini Sarvihonning xar bir shirin soʻziga zaxarli javob qaytarar, ayajon desa, ayangmasman der edi...
........................
Oradan ikki oy oʻtdi. Bu orada Sarvihon qaynonasining gaplariga xam oʻrganib boʻlgan edi, endi avalgidek yigʻlamas, bariga qoʻl siltardi. Faqat u juda xoldan toyib, oriqlab ketgandi. Chunki inson katta–katta eb ichgani bilan mexr koʻrmasa, egani oʻziga singmaydi. Uni gʻam ado qilib borardi, qaynonasi shu vaqtgacha biror marta shirin soʻzini teng koʻrmadi, xar safar ertalab turib salom bersa, alik xam olmasdi. Baʼzida uhlab qolib, kechroq uygʻonsa, maxallani boshiga koʻtarib dod solardi. Kelinmas ilon, meni yomon desizlar kelinimning oʻzi yomon, menga kun bermaydi, to tushgacha uhlaydi deb qoʻni–qoʻshnilarga jar solardi. Shavkat aka hotinining harakteridn toʻyib ketgan, toritishishning xojati yoʻligini bilar edi.
.....................................
Sarvihon oʻzidagi oʻzgarishlarni sezar, negadir koʻngli aynib, koʻngli faqat qulupnoy eyishni tusardi. Buning sababi bitta–u homilador boʻlgan edi. Buni eshitgan Ilyosning hursandchiligi ichiga sigʻmas edi, u bu bahtdan sarmast boʻlib, Sarvihonni koʻtarib, honani gir aylanib erga qoʻydi.
–Begim, –dedi Sarvihon noz bilan. U Ilyosni doim shunday chaqirardi.
–Eshitaman xayotim.
–Mening qulupnoy egim kelyapti.
–Hoʻp boʻladi onasi, –deb peshansidan oʻpdi. –Sen va bola uchun nima kerak boʻlsa tortinmasdan aytaver.
–Faqat koʻproq olib keling, oʻzim sandiqchamga yashirib qoʻyaman, egim kelsa uch–toʻrt dona eman.
–Buyogʻidan havotir olma, –dediyu qulupnoyga yoʻl oldi. Tashqari sovuq, qishning ayni oʻrtalari. Ilyos onasiga bu hushhabarni aytish uchun honasiga yoʻl oldi.
–Ena, uydamisiz?
–Kel bolam, kel.
–Ena bir yangiligim bor, –ichiga sigʻmas edi Ilyos.
–Aytaqol ichimni siqmasdan.
–Tez orada nabirali boʻlasiz enajon, eshityapsizmi, nabirali.)))
–Faqat shumi? Erga tekkan hotin tugʻmasdan nima qilsin. Tugʻadida, shunga seni shuncha xovliqtrib yubordimi ichidan pishgan pismiq hotining.
–Ena, bu nima deganingiz, mening xayotim sizga qiziqmasmi?
–Yoʻq, qiziqmas, borib ammanga ayt, topgan xam oʻsha, olib bergan xam.
–Ena, ahir onamsiz, bolangizmanku, –ichiga sigʻmadi bolaning. Onasining bu bemexrligi Ilyosning yuragiga katta olov solib qoʻydi. –Mayli, ena, onamsiz, ammo keliningizda ayb yoʻqku, nega uni yomon koʻrasiz, kelgan kunidan uni siquvga olib, jerkib kelasiz, biz ikkalamiz xam bolalaringizmizku.
–Xa hotinquli, hotining boʻyningdan ip oʻtkazib olibdiku latta bola. Oʻzim xam aytdim bu ikkalasi pichirlashib irjayishdan boshqa ishi yoʻq deb. Hotining quchogʻingda ilondek toʻlgʻonib meni senga yomon koʻrsatib tashlabdi.
–Boʻldi, ena, tortishish niyatim yoʻq, shunchaki sizni hursand qilay degandim, ammo adashibman, –deb honadan chiqa boshladi.
–Oyimchanga ayt, tugʻaman ekan deb yotib olmasin, oʻz ishini bilib–bilib qilsin, –dedi onasi. Ilyosning koʻzlariga dunyo tor boʻlib ketdi. U onasini taniyolmayo qolgandi. Hursandchiligi bir laxzada sarobga aylandi. U nima uchun Sarvihonning tunlari yigʻlab chiqishini endi bilgandi. Onasi oʻz bolasini ayamaganda oʻzganing bolasini ayarmidi. Xayollari chalkashib ketgan Ilyos Sarvihon va qornidagi jajji farzandi uchun qulupnoy olib kelish maqsadida bozoga qarab yoʻl oldi. Taqdir bu ikki yoshga yana ne ne sinov va azoblar yuborishi yolgʻiz Yaratganga ayon edi. Orada yana bir yosh oilaning tanazzulga yuz tutib, ajralib ketishidek katta muammo bor edi. Chunki qaynonaningt asl maqsadi xam shu–kelinni xaydash. Endi xamma gap Sarvihonda, yo sabr qilib tilini tish orasida tashlab yashaydi, yoki boʻlmasam... yoʻq, buni gapirishga xali erta...
Ikkinchi qism tugadi. Voqealar rivojini kuzatib boring. Endi eng qiziqarli va xayajonli va koʻzyoshlarni oqizuvchi alamli kunlar boshlanmoqda. Oilaning barcha muammolarini ochib berishga xarakat qilaman va bu barchamizga yana bir ibrat maktabi boʻldi, nasib qilsa. Sarvihonni xali oldinda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan sinovlar kutib turibdi, sizlardan faqat bir narsa, sabr bilan oʻqishni soʻrayman.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!