Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat

Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor boʻluvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham maʼqul boʻlib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning eʼtiboridan chetda qolmaydi. Retseptni saqlab qolishni esa aslo unutmang!

Kerakli masalliqlar:
3 dona baqlajon
1 dona sabzi
0.5 dona piyoz
1 dona selderey tayoqchasi
0.5 dona bulgʻor qalampiri
1 choy qoshiq kashnuch kukuni (koriandr)
6 osh qoshiq zaytun yogʻi
0.5 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
2-3 osh qoshiq uzum sirkasi
1 choy qoshiq zanjabil (imbir)
1 choy qoshiq asal
taʼbga koʻra tuz
Tayyorlash usuli:
1. Baqlajonlarni yuving va tozalang.
2. Somoncha shaklda toʻrgʻang, tuz sepib, bir necha daqiqaga qoldiring. Soʻng, ajralgan achchiq suvidan siqib oling.
3. Baqlajonlarni tovada, qizdirilgan oʻsimlik yogʻida, butunlay tayyor boʻlgunga qadar qovuring.
4. Seldereyni tozalang va yupqa, somoncha shaklda toʻrgʻang.
5. Shuningdek sabzini ham koreyscha salat tayyorlanadigan qirgʻichdan chiqaring. Piyoz va bulgʻor qalampirini yupqa, somoncha shaklda toʻrgʻang. Sabzavotlarni bir idishga jamlang.
6. Salat uchun zapravkani tayyorlashga kirishing. Buning uchun: tovada kashnuch kukuni va 3 osh qoshiq zaytun yogʻini qizdiring.
7. Sabzavotlarni issiq, hushboʻy zapravka bilan quying. Toʻrgʻalgan bulgʻor qalampiri, zanjabil sharbati, sirka, asal va taʼbga koʻra tuz solib, yaxshilab aralashtiring. Bir necha daqiqaga qoldiring.
8. Salatni dasturxonga tortishdan avval toʻrgʻalgan koʻkat sepib bezating. Salat tayyor!
Yoqimli ishtaxa!

8. Salatni dasturxonga tortishdan avval toʻrgʻalgan koʻkat sepib bezating. Salat tayyor!Yoqimli ishtaxa!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!