🥗 Salatlar

Koulslo salati

3.1K marta oʻqildi
Koulslo salati
Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin eʼtiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh taʼmni sizga taqdim etadi.

Kerakli masalliqlar:
  • 1 ta qizil karam, oq karam
  • 2 dona sabzi
  • 1 banka makkajoʻxori konservasi
  • 1 bog' petrushka
  • 100 gramm smetana yoki yogurt
  • 1 osh qoshiq olma sirkasi
  • 3 choy qoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq xantal (gorchitsa)
  • Taʼbga koʻra murch

Tayyorlash usuli:
1. Oq karamni mayda somoncha shaklda toʻrgʻang. Qoʻlingiz bilan ezing. Tozalangan sabzini qirgʻichning katta tomonidan chiqaring.
Koulslo salati2. Shuningdek, qizil karamni ham mayda somoncha shaklda toʻrgʻang. Qoʻlingiz bilan ezing. Petrushka koʻkatini mayda toʻrgʻab, birlashtiring.
Koulslo salati3. Makkajoʻxori konservasini oching va makkajoʻxorini sharbatidan ajrating.
Koulslo salati4. Barcha masalliqlarni birlashtiring.
Koulslo salati5. Salat uchun sousni tayyorlang. Buning uchun: yogurt, tuz, shakar, xantal, sirka va murchni birlashtiring, aralashtiring.
Koulslo salati6. Sousni salatga qoʻshing, aralashtiring. 2-3 soatga muzlatgichga qoʻying. Belgilangan vaqt oʻtib, mazali salatni dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!

Ushbu salat ozish uchun oʻz ustida ishlayotgan insonlar uchun ham maʼqul boʻladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!